Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Applening aqlli ko‘zoynaklarini hali uzoq vaqt kutishimizga to‘g‘ri keladi

Applening aqlli ko‘zoynaklarini hali uzoq vaqt kutishimizga to‘g‘ri keladi

Foto: The Verge

Apple aralash reallik garniturasi joriy yil boshida paydo bo‘lishi kutilyapti, biroq kompaniyaning aqlli ko‘zoynaklarini hali uzoq vaqt kutishimizga to‘g‘ri keladi.

Tianfeng International tahlilchisi va insayder Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo)ning fikricha, Apple Glasses (ehtimoliy nomi) eng yaxshi holatda 2026 yoki 2027-yilda chiqariladi. Albatta, buning uchun o‘sha vaqtgacha Apple o‘z ko‘zoynaklari uchun metalinza ishlab chiqishga ulgurishi kerak bo‘ladi.

Apple bu yo‘nalishda uzoq vaqtdan beri izlanmoqda, xususan, kelgusi yilda metalinzalar iPad Prodagi Face ID tizimlarida qo‘llanilishi kerak, 2025 yoki 2026-yilda ular iPhoneda ham tatbiq etiladi. Ammo ko‘zoynak texnologiyasi hali yaxshilanishi lozim. Qolaversa, bunday linzalar smartfon kameralarida faqat o‘n yillikning oxiriga borib paydo bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring