Apple dasturchilar uchun sun’iy intellekt yaratdi
Apple kompaniyasi dasturchilarga kod yozishda hamda foydalanuvchilarga kerakli ma’lumotni tezroq topishda yordam beruvchi sun’iy intellektga asoslangan yangi funksiyalarni ishlab chiqmoqda.
Kompaniya ularni navbatdagi iOS, iPadOS va macOS yangilanishlarida ishga tushirishi kutilyapti.
GitHub va Copilot (Microsoft) muvaffaqiyatlaridan ruhlangan Apple kod bloklarini avtomat tarzda yozuvchi vosita yaratadi. Bu dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonini osonlashtirib, dasturchilarning vaqtini tejaydi. Qolaversa, ilovalarni testdan o‘tkazishni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellekt sinovdan o‘tkazilmoqdaki, bu ham dasturchilarni ancha og‘ir yumushlardan xalos qiladi.
Bundan tashqari, Apple butun qurilma bo‘yicha qidiruvchi Spotlightda katta til modellari (LLM) texnologiyasini tatbiq etmoqda. Yangi talqin ilovalarni ochish va internetda qidirish bilan birga, ulkan ma’lumotlar omboridan olingan bilimlari asosida murakkab savollarga ham javob beradi.
Apple sun’iy intellekt sohasida raqobatchilariga yetib olishga intilmoqda, bu boradagi rejalarini shu yilning iyun oyidagi an’anaviy dasturchilar anjumanida batafsil ochiqlashga va’da bermoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter