Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Apple ochiq kodli “neyrofotoshop”ni taqdim etdi

Apple ochiq kodli “neyrofotoshop”ni taqdim etdi

Foto: Apple

Apple kompaniyasi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari bilan hamkorlikda MGIE neyrotarmog‘ini taqdim etdi.

Unga fotosuratlarni yuklab, odatiy sozlamalar bilan emas, balki tabiiy tildagi matnli buyruqlar bilan tahrirlanadi.

Servis hozircha faqat ingliz tilida ishlayapti. Jurnalistlarning yozishicha, MGIE savollarni nisbatan aniq tushunadi va quyidagilarni bajara oladi:

  • Filtrlarni qo‘llash
  • Rasmlarni kadrlash, burish
  • Fotodagi alohida obyektlarni tahrirlash
  • Tasvirni tiniqlashtirish, yorqinligi va ranglarini o‘zgartirish

Masalan, neyrotarmoqdan kishining yuzini kichraytirish, Oyni yanada tiniq ko‘rsatish, kiyimlardagi yorqin ranglarni pasaytirishni so‘rash mumkin. MGIE fotodagi ob’yektlarni o‘zi aniqlaydi va so‘rov asosida o‘zgartiradi yoki suratni to‘liq tahrirlaydi.


9To5Mac portali sinov tariqasida neyrotarmoqqa fotosuratni joylashdi va “osmonni sal qizg‘ishroq qilib berish”ni so‘rashdi. Natijani yuqoridagi va pastdagi fotolarga qarab bilishingiz mumkin.

MGIE hali rasman alohida servis maqomiga ega emas — uning chiquvchi kodini GitHubdan ko‘chirib olish mumkin, ishchi demo shakli HuggingFace kompaniyasi saytida joylashtirilgan. Apple neyrotarmoqdan o‘z qurilmalaridan foydalanadimi-yo‘qmi — hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring