Apple mamlakat hukumatining buyrug‘i bilan Xitoydagi AppStoredan WhatsApp va Threadsni olib tashladi

Xitoyning Kibermakon ma’muriyati ushbu ilovalarni Xitoy do‘konidan olib tashlashni buyurdi.
Apple bir necha soat oldin WhatsApp messenjeri va Threads ilovasini (Metaga tegishli) Xitoydagi AppStoredan olib tashlaganini e’lon qildi.
Albatta, Apple buni o‘z ixtiyori bilan emas, balki Xitoy hukumati milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan aytgani uchun qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlarda bir muncha vaqt oldin TikTokni butunlay blokirovka qilish zarurligi haqida yana gap ketgan va Vakillar palatasi buning uchun zarur bo‘lgan qonun loyihasini ham qabul qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter