Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Android tizimida qon bosimini o‘lchash uchun dastur chiqdi

Android tizimida qon bosimini o‘lchash uchun dastur chiqdi

Android uchun maxsus uskunani talab qilmasdan smartfon yordamida qon bosimini o‘lchash imkonini beruvchi yangi dastur ishga tushirildi.

Pittsburg universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu dastur impuls bosimini baholash uchun akselerometr, kamera va sensorlardan foydalanadi. Bu, ayniqsa, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun foydalidir.

Ilova smartfon ekranidagi qo‘lning holati va barmoq bosimiga qarab gidrostatik bosimdagi o‘zgarishlarni tahlil qiladi.

Natijalar an’anaviy bosimni o‘lchash usullari bilan taqqoslanadi — og‘ish taxminan 8 mm simob ustunini tashkil qiladi.

Dasturni yaratuvchilar unda aholining kam ta’minlangan qatlamlari o‘rtasida taqsimlash uchun katta imkoniyatlarni ko‘rishadi.

Biotibbiyot muhandisi Ramakrishna Mukkamalaning so‘zlariga ko‘ra, bu muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lmagan odamlarda gipertoniya kasalligini aniqlashga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring