Andijon viloyatida optik tolali aloqa tarmoqlari qamrovi 99,5 foizga yetkazildi
Aholiga taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari har bir xonadonga sifatli kirib borishini ta’minlash muntazam rejali ishlarni talab etadi. Shu bois, “O‘zbektelekom” AK tomonidan ayni maqsadga qaratilgan doimiy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, kompaniyaning Andijon filiali mutaxassislari tomonidan 2023-yilning to‘qqiz oyi mobaynida viloyat bo‘yicha jami 1 010 km masofada magistral optik tolali aloqa liniyalari qurilib, 40,8 ming portga teng telekommunikatsiya qurilmalari o‘rnatildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyat bo‘yicha 455 ta aholi yashash maskanidan 453 tasiga optik tolali aloqa tarmoqlari tortilib, qamrab olish darajasi 99,5 foizga yetkazildi.
Misol uchun, joriy yil boshidan 12 ta uzoq masofada joylashgan aholi yashash punktlariga simli va mobil internet qamrovi tashkillandi va 41 ta aholi yashash maskanida qamrov sifati yaxshilandi.
Shuningdek, ishlar natijasida viloyatning Buloqboshi tumanida joylashgan To‘rtol aholi yashash punktiga qadar 5,8 km, Oqqo‘rg‘on aholi punktiga 1,7 km, Paxtaobod tumanida joylashgan Taqachi aholi punktiga 4 km, Marhamat tumanida joylashgan Shukurmergan aholi punktigacha 3 km, Xo‘jaobod tumanida joylashgan Qorabuloq aholi punktiga 1,5 km, Ulug‘nor tumanida joylashgan Shahriobod aholi punktiga 3 km, Izboskan tumanida joylashgan Obod aholi punktiga qadar 1,5 km uzunlikda optik tolali aloqa kabellari yotqizilib, jami 2 350 dan ziyod xo‘jalik telekommunikatsiya xizmatlari bilan qamrab olinidi.
“O‘zbektelekom” AK axborot xizmati


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter