Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amity universitetida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Amity universitetida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: Amiti universiteti

Joriy yilning 2-dekabr kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida “Graduation Ceremony: Class of 2023” — talabalarning bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosi bilan tantanali ochildi. “Amity Education Group” vakili Amol Chauhan bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularni o‘z orzulari tomon odimlashda davom etishga chaqirdi.

Marosimda bitiruvchilar, oila a’zolari, do‘stlari, professor-o‘qituvchilari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi. 

Bitiruvchilar universitetda o‘tkazgan vaqtlari va ilmiy yo‘llarini shakllantirgan tajribalari haqida o‘rtoqlashishdi. Professor-o‘qituvchilar, ustozlar, saboqdoshlar va ota-onalarga minnatdorlik bildirildi, xotira uchun suratga tushildi. 

2023-yilda Toshkent shahridagi Amity universitetini 170 ga yaqin talaba bakalavr darajasini olib btirildi. Hozirda universitetda bakalavr bosqichida axborot texnologiyalari, kompyuter investitsiyalari, iqtisodiyot, turizm boshqaruvi va biznes boshqaruvi yo‘nalishlarda tahsil berilyapti. Bitiruvchilarning 70 foizdan ortig‘i ishli bo‘lgan: o‘z mutaxassisligi bo‘yicha Huawei, UzCard, Uztelecom, Aloqabank, EPAM, UzAvto va boshqa kompaniyalarda ishlashmoqda.

Toshkent shahridagi Amity universiteti O‘zbekistondagi xususiy universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet bakalavriat va magistratura dasturlarining keng doirasini taklif etadi. Universitet Hindistondagi eng yirik xususiy guruh — “Amity Education Group” a’zosi.

Ayni paytda Toshkent shahridagi Amity universitetida 700 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda ham, undan tashqarida ham oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olingan Hindiston Amity universitetining namunaviy diplom taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring