Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

AKT vaziri: O‘qituvchilar qadrini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak

AKT vaziri: O‘qituvchilar qadrini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak

Foto: «Medium»

IT-Park rezidentlari 46 mln dollar eksportining 83 foizi AQSh bozoriga to‘g‘ri keldi. Siz ham eksport orqali chet eldagidek yuqori oylik olib bemalol oilangiz bag‘rida o‘z yurtingizda yashash niyatingiz bo‘lsa, marhamat, chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing. AKT qiyin tuyilsa, juda bo‘lmasa, chet tilini bilsangiz, BPO (Business Process Outsourcing) bo‘yicha ham eksportda shug‘ullanishingiz mumkin bo‘ladi.

Nasib qilsa, respublikamiz hududlarida BPO markazlarini ko‘paytiramiz. Shuning uchun vaqtni bekor o‘tkazmasdan internet orqali chet tilini bepul o‘rganish resurslaridan foydalaning yoki chet tili kurslariga qatnab o‘qing.

IT sohasidagi ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil: https://education.it-park.uz/

Faqat ta’lim yoshlarimizning kelajakda yuqori daromad olishlariga zamin yaratadi, shuning uchun doim o‘qituvchilar qadrini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring