700 dan ortiq davlat xizmatlari endi bir joyda!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 700 turdan oshdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 123 foiz o‘sish degani.
Joriy qilinayotgan deyarli barcha pullik elektron davlat xizmatlarining to‘lov jarayonlari Yagona billing tizimiga ulandi.
my.gov.uzda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 10 milliondan oshdi.
Portal va uning mobil ilovasidagi xizmatlardan yil boshidan beri jami 32 mln marotaba foydalanildi.
Yagona portalning MyGov mobil ilovasi orqali ko‘rsatiladigan 530 ga yaqin (2023-yil 265 ta, o‘sish 180 foiz) elektron davlat xizmatlari aholiga barcha zarur ishlarini istalgan joyda va vaqtda amalga oshirish imkoniyatini taqdim etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter