5G kelgusi 5 yil ichida smartfonlarni qanday o‘zgartiradi?
5G texnologiyasi deyarli besh yil oldin joriy qilingan bo‘lsa-da, uning ommalashishi yaqinda tezlasha boshladi. Gizmochina smartfon sanoati uchun uchta ta’sirni sanab o‘tdi.
- Smartfonlardagi yangi texnologiyalar.
5G tarmoqlarining xususiyatlari, jumladan, past kechikish va yuklashning yaxshilangan tezligi virtual reallik (VR) ilovalarini ommalashishiga olib keladi. Ushbu texnologiyalar uzoq vaqtdan beri mavjud, ammo ularning imkoniyatlari mobil tarmoqlarning eski avlodlari tomonidan cheklangan.
- Qamrov kengayishi.
Telekommunikatsiya gigantlari mavjud ekotizimdan foydalangan holda 5G ni o‘rnatishi va uyali aloqa tarmoqlariga ulanishni kengaytirishi mumkin.
- Smartfonlar qulayroq bo‘ladi.
Ehtimol, telekom kompaniyalari yangi 5G smartfonini yangilamoqchi bo‘lgan mijozlar uchun yanada jozibador variantlarni taklif qilishlari mumkin. Bundan tashqari, telefon ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari ham arzonroq modellarni ishlab chiqaradilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter