5G da smartfonlar ko‘proq tok yeydi — tadqiqot

Ilk 5G-tarmoqlar joriy etilganida ular 4G-tarmoqlarga nisbatan elektrni ko‘proq sarflashi ma’lum bo‘lgandi. Biroq oradan yillar o‘tdi, 5G-chiplarning yangi avlodlarini yaratish ustida ancha ishlar qilindi. Xo‘sh, hozir vaziyat qanday? Bizga internet tezligini o‘lchashi (Speedtest) orqali yaxshi tanish Ookla kompaniyasi shuni o‘rgandi.
Kompaniya tadqiqotchilari Qualcomm, MediaTek, Samsung va Google ishlab chiqqan protsessorlarning bir nechta avlodini sinovdan o‘tkazishdi va natijalarini quyidagi grafik ko‘rinishida taqdim etishdi.
Ko‘rib turibsizki, 5G-tarmoqlar bilan ishlaganda zamonaviy chiplar batareyasi quvvatini 6-11 foiz tezroq sarflaydi (4G ga nisbatan). Biroq hozirgi chiplar avvalgilariga qaraganda energiyanini kamroq sarflashi ham haqiqat. Xususan, Snapdragon 8 Gen 2 eng energiya tejamkor Android-yechim bo‘lib, 5G-tarmoqlarda 8 Gen 1 4G da ishlaganidan ko‘ra samaraliroq (31 foiz — 32 foiz).
Xuddi shunday vaziyat Dimensity 9200 da ham kuzatildi, ayniqsa, u ushbu ro‘yxat autsayderi va o‘z ajdodi — Dimensity 9000 fonida afzal ko‘rinadi.
Biroq yuqoridagilarning hammasi smartfonlarning quvvati 4G rejimida nisbatan kamroq sarflanishini inkor etmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter