2024-yil O‘zbekiston Respublikasida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi qanchaga yetdi?
Barchaga ma’lum, kundan-kunga texnologiya, raqamlashtirish tizimi kuchayib, internetga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Shu qatorda internetdan foydalanish yoshi ham yosharib, foydalanuvchilar soni ortib bormoqda.
Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi 92,2 foizni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun ushbu ko‘rsatkich:
2021-yilda – 72,6 foiz;
2022-yilda – 81 foiz
2023-yilda – 87,3 foizni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter