100 nafarga yaqin dasturchi yoshlar
IT Park Farg‘ona filialida «UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MChJ vakillari ishtirokida yoshlar bilan ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida 100 nafarga yaqin dasturchi yoshlar bilan viloyatda yangi dasturchilar jamoasini shakllantirish, zamonaviy yo‘nalishda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha savol-javob suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati yosh dasturchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javoblar oldilar. Bundan tashqari, dasturlashga endi kirib kelgan boshlang‘ich dasturchilar ushbu jamoada o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini orttirib borishlari mumkinligi tushuntirildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter