Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Optik tolali internetni uzoq qishloqlarga ham olib borish ustida ishlanmoqda

Optik tolali internetni uzoq qishloqlarga ham olib borish ustida ishlanmoqda

Foto: zv-prhost.ru

2017-yilda Prezidentimiz sohamiz oldiga optik tolali kabel ishlab chiqarish bo‘yicha vazifa belgilab bergan edilar. Shundan keyin xalqaro tajriba o‘rganilib, 2020-yilda koreyalik investor bilan hamkorlikda Jizzax erkin iqtisodiy zonasida optik tolali kabel ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etilgandi.

Ushbu korxonamiz bu yil nafaqat optikaga bo‘lgan talabimizni to‘liq qoplaydi, balki qo‘shimcha 4,5 mln dollarlik eksportga ham chiqadi. Kabel ishlab chiqarishdagi mahalliylashtirish darajasi 65 foizga va ishchilar soni 165 nafarga yetadi. Kabel ortidan boshqa korxonalarimizda optikani ulash bilan bog‘liq qo‘shimcha kerakli jihozlarni ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

O‘sha vaqtda yiliga atigi 2 ming km atrofida optik tolali kabel yotqizilgan bo‘lsa, hozir yiliga 50 ming km.dan ortiq kabel aholi va tadbirkorlar talablarini qondirish uchun yotqizilmoqda. 2017-yilda GPON texnologiyasi bo‘yicha ulanilmaganligi sababli aksariyat foydalanuvchilardagi tezlik 1 mb/s.dan kam va to‘liq cheklanmagan tariflar deyarli yo‘q edi. Endilikda optik tolali internetni uzoq qishloqlarga ham olib borish ustida ishlamoqdamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring