Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

Tarixdagi «kaltak»lar, tabiat yoki madaniyat. Qay biri Yaponiyani texnologiyalar sohasida yetakchiga aylantirdi?

Tarixdagi «kaltak»lar, tabiat yoki madaniyat. Qay biri Yaponiyani texnologiyalar sohasida yetakchiga aylantirdi?

Foto: "autogear.com"

«Quyosh chiqar» mamlakat har doim yuqori texnologiyalar sohasida yetakchi bo‘lib kelgan. Yaponlar kichik (boshqa davlatlarga nisbatan) orollarda istiqomat qilganligi sababli, ular doimo seysmik faollikka duchor bo‘lishadi, texnologiyani rivojlanmasdan turib tabiat «injiqlik»lariga moslashish qiyin albatta.

Mamlakat tarixida uni texnologik jihatdan rivojlantirishga majbur qilgan boshqa zarbalar ham bo‘lgan. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin bir qator taqiqlar. Shunday qilib, mamlakat samolyotlar yaratish huquqini yo‘qotdi va barcha muhandislar avtomobil va mototsikl sanoatiga o‘tib ketishdi.

Yapon madaniyati texnologiyaga nisbatan mehr-muhabbat bilan mashhur: bu mamlakatda eng yangi texnik vositalarning doimiy rivojlanishi yuz beradi. Ko‘pchilik hatto Yaponiyani kosmik kema, deb hazillashadi, Yerda vaziyat juda yomonlashganda, ular shunchaki uchib ketishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring