Kriptovalyuta va elektron pullarning farqini bilarmidingiz?

Kriptovalyuta haqida gap ketganda, ko‘pchilik elektron pullar haqida tushunishini payqadik. Siz nima deb o‘ylaysiz? Kriptovalyuta bu – elektron pul turimi? Darhol javob beraman - yo‘q! Kriptovalyuta elektron pulning bir turi emas, balki virtual, ya’ni raqamli puldir.
Keling, ushbu turdagi valyutalar o‘rtasidagi farq nimada ekanligini bilib olaylik: elektron pul, virtual pul va raqamli pul. Ko‘pincha insonlar bu atamalarni bir deb o‘ylaydilar . Muammo shundaki, odamlar kriptovalyuta elektron shaklda saqlansa, uni elektron pul deb atash mumkin deb o‘ylashadi. Ammo bu to‘g‘ri emas, negaki elektron pul tartibga soluvchi asosga ega.
Elektron pul nima?
Elektron pul (e-money) naqd pulga raqamli muqobildir. «Naqd pulga raqamli muqobil» bu pul qo‘shimcha konvertatsiya qilmasdan ham naqd, ham raqamli formatda bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
Yevropa Markaziy banki ushbu pullarni elektron shaklda saqlanadigan va to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llanadigan pul qiymati sifatida belgilaydi. Ushbu pul qiymatini saqlash uchun ishlatiladigan texnologiyaga qarab, elektron pul turi apparat yoki dasturiy ta’minotga asoslangan bo‘lishi mumkin, masalan, to‘lov kartalari, virtual kartalar yoki to‘lov hisoblari. Elektron pulni faqat vakolatli muassasalar, masalan, banklar va elektron pul institutlari (EMI) chiqarishi mumkin - ularning barchasi elektron pul chiqarish uchun litsenziyaga ega.
Raqamli valyuta nima?
Raqamli valyuta - tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan raqamli pullar uchun umumiy atama. Pullar faqat raqamli shaklda mavjud va naqd pul bilan bog‘liq emas, bu esa o‘z navbatida raqamli valyuta ham elektron pul emasligini anglatadi. Raqamli valyutalar nomoddiydir va ularni muayyan tarmoqlarga ulangan kompyuter yoki elektron hamyon yordamida boshqarish mumkin xolos. Barcha kriptovalyutalar raqamli valyutalardir, ammo barcha raqamli valyutalar kriptovalyutalar emas. Elektron oltin va pulli o‘yinlarni o‘z ichiga olgan boshqa raqamli valyutalar mavjud.
Virtual valyuta nima?
Virtual valyuta - bu faqat raqamli formatda mavjud bo‘lgan tartibga solinmagan raqamli valyuta. Pul qiymatining ushbu elektron ko‘rinishi to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin va uni amalga oshirish uchun sizga hamyon, mobil yoki veb-ilova kerak. Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs virtual valyutani elektron shaklda o‘tkazishi, saqlashi va savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin. Biroq, virtual valyutalar qiymat yig‘indisi, hisob birligi yoki almashinuvni hisoblash uchun ishlatiladigan qiymat sifatida ishlatilmaydi. Virtual valyutaning rolini tushunish muhimdir. Ushbu turdagi valyutani belgilangan valyutaga almashtirib bo‘lmaydi va markaziy yoki boshqa bank organi tomonidan chiqarilmaydi. Bu shuni anglatadiki, bugungi kunda virtual valyuta tartibga solinmagan valyutadir, ammo bu vaqt masalasidir. Markaziy banklar va tartibga soluvchi organlar virtual valyutalarning yangi, tartibga solinadigan va rasman chiqarilgan turlarini (masalan, kriptovalyutalar) yaratish ustida faol ishlamoqda.
Kriptovalyuta nima?
Keling, xulosa qilaylik. Kriptovalyuta tartibga solinmagan virtual valyuta bo‘lib, kriptografik usullar bilan shifrlash orqali qalbakilashtirish va buzishdan himoyalangan. Kriptovalyuta kursi faqat bozordagi talab va taklifga bog‘liq. Kriptovalyuta ham raqamli valyutaning bir turi, ammo u elektron pul turi emas, chunki u hech qanday bank yoki elektron pul moliya instituti (EMI) tomonidan tartibga solinmagan yoki ishlab chiqarilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter