Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Xalqaro IT-sertifikatlar va o‘qish xarajatlarining 50 foizini qanday qaytarib olishni bilasizmi?(VIDEO)

IT sohasi bugunning eng zamonaviy va serdaromad kasblaridan biriga aylanib borayotgani ko‘pchilikka ma’lum. Bu yo‘nalishga qiziqish bildirayotgan yoshlar soni ham kundan-kunga ortib boryapti.

Lekin ular orasida dasturchilik kurslari, ular uchun beriladigan sertifikatlar ancha qimmat, hammaning ham imkoniyati to‘g‘ri kelavermaydi, deydiganlar ham talaygina.Hukumatning tegishli qarori bilan yoshlarga bu borada ajoyib imkoniyat taqdim etildi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xalqaro IT-sertifikat olish hamda xalqaro IT kurslarida o‘qish uchun sarflagan xarajatlarining 50 foizgacha qismini qaytarib olishlari mumkin bo‘ldi.

Buning uchun talabgorlar my.gov.uz orqali onlayn ariza yuboradilar.

Keling, yaxshi, bu boradagi savollarga xalqaro IT-sertifikatlar bo‘limi boshlig‘i Mirabbos Anvarovdan batafsil javob olamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring