Uyingizni it emas, IT qo‘riqlasin! (VIDEO)
Siz texnologiyalar asrida yashab turib ham hamon eshik qo'ng'irog'iga «Kim u?» — deb so‘rayapsizmi? Domofon o‘rnating va bu qaroringizdan hech ham afsuslanmaysiz. Domofon orqali siz bir nechta muammolarni hal etishingiz mumkin.
Domofon — murakkab elektrotexnik tizim bo‘lib, uning tarkibiga bir nechta bloklar, asosiy qurilma va elektro‘tkazgichlar kiradi. Har bir podyezdning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib to‘g‘ri tanlangan uskunalar, domofonning foydalanishdagi sifati va ishonchliligini belgilaydi. Domofon shuningdek, farzandlaringiz xavfsizligi garovi hamdir. Chunki aynan ular eshik kuzatgichiga qaray olmagani sabab, noma'lum kimsalarga ham eshikni ochib qo‘yadilar.
Shu bilan birga, kim kelganini domofon orqali ko‘rish bolalar uchun birmuncha qiziqarli ham. Bundan tashqari, kim nima uchun kelganini eshikni ochib aniqlash ham shart emas. Axir domofonning ikki tomonlama audioaloqasi mavjud.
Domofon — bu murakkab tizim bo‘lib, raqamli yoki oddiy nuqtali, vertikal yoxud gorizontal bo'lishi mumkin. Asosiysi, bu tizimning yaxshi va sifatli ishlashidadir. Eng zamonaviy domofonlar haqida ict.xabar.uz ning IT–Gadjet ko'rsatuvi orqali ma'lumotga ega bo'ling!


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter