Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

TATUda yangi o‘quv binosi ochildi(VIDEO)

Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi shiddat bilan rivojlanib borar ekan, yurtimizda bu soha bo‘yicha munosib kadrlarni yetkazib berishda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti alohida o‘rin tutadi. 

Bugun, 23-sentyabr kuni mazkur universitetning so‘nggi innovatsiya yangiliklari asosida tashkil etilgan "Kompyuter injiniringi" fakulteti binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda soha korxona va tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Mazkur o‘quv binosining ishga tushishi natijasida 1500 nafar talaba zamonaviy sharoitda ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishdi. To‘qqiz qavatli o‘quv binosida 7 ta ma’ruza xonasi, 9 ta kompyuter xonasi, 21 ta o‘quv xonalari hamda relax va kofe-breake zonalari ham mavjud.

Bu yerda yaratilgan sharoitlar talaba yoshlarni AKT sohasida yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlarida xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring