IT olamiga ICT xabar.uz bilan boqing!
IT nima, siz hayotingizni IT siz tasavvur qila olasizmi? Kuni kecha mashinada ketayotib, IT PARK ning yonidan o‘tar ekanmiz, o‘g‘lim birdan, – voy, itlarning ham parki bo‘ladimi, deb so‘rab qoldi. O‘g‘limga bu so‘zning mazmunini tushintirib berar ekanman, –yaxshiyamki, hozirgi kunda anchayin ommalashgan bu terminni endi aksariyat odamlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ko‘rilganidek o‘qishmayapti, degan fikr hayolimdan o‘tdi. “Axborot texnologiyalari” ma’nosini anglatuvchi bu so‘z birikmasisiz bugun hayotimizni tasavvur qilish juda qiyin. Albatta siz IT ni anglash uchun dasturchi bo‘lishingiz shart emas. Bugungi kunda xammaning qo‘lida telefon bor. Smartfon, planshet, noutbuk va turli gadjetlardan foydalanuvchi kishilarning bari bevosita IT ga aloqador xisoblanadi.
Ammo siz hamon robot deganda, xuddi odamlardek gapira oladigan, ulardek barcha yumushlarni bajara oladigan qurilmani tushunasiz, to‘g‘rimi?
Aslida esa mobil qurilmangizdagi turli dasturlar, jumladan, o‘yinlar, lug‘atlar, google tarjimon va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi. Faqat ularning ish qamrovi kamroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam bera oladi.
Xullas, IT olami shu qadar boyib bormoqdaki, eng so‘nggi rusumdagi smartfon foydalanuvchilari ham ba’zan ulardan qanday to‘g‘ri foydalanishni bilishmaydi, axborot texnologiyalariga oid yangidan-yangi terminlarniku, aytmasa ham bo‘laveradi. Ammo buning uchun albatta qayerdadir o‘qish shart emas. Shunchaki, ict.xabar.uz ning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalariga a’zo bo‘lib, ularda doimiy ravishda berib boriladigan “IT gadget”, “IT News” “IT Motivatsiya” loyihalarini kuzatib boring. Agar siz hamisha “trend”da bo‘lishni istovchi zamonaviy kishilardan bo‘lsangiz, “IT Brand” loyihasi ayni muddao.
– Men-ku internet orqali bilib olarman, ammo savollarining adog‘i yo‘q farzandlarimchi, deyapsizmi?
Hozirgi kunda bolalarga internetdan foydalanishni taqiqlab bo‘lmaydi. Baxtga qarshi internetda bolalarni “ovlovchi” saytlar ham talaygina. Ammo ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi bo‘yicha amal qilinishi shart bo‘lgan bir nechta qoidalarni farzandlaringizga tushuntirsangiz foydadan holi bo‘lmaydi.
Avvalo, hech qachon ijtimoiy tarmoqdagi notanish do‘sti bilan uchrashmaslik, suhbatdoshini kontaktlarga qo‘shishdan avval uning profilini ko‘rib chiqib, u qanday odam ekanligini bilib olish zarurligi, o‘zining haqiqiy suratlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylamaslik, notanish kishilar elektron maktublarda tavsiya etgan saytlarga o‘tmaslik va hokazolar haqida uqtirish lozim.
Agar farzandingiz hali juda kichik bo‘lsa, uning xilma-xil savollariga “IT Termin” ko‘rsatuvimiz orqali boshingizni qotirmasdan, osongina javob topishingiz mumkin, bu o‘zingiz uchun ham ancha manfaatli bo‘ladi. Ha, ict.xabar.uz jamoasi bolajonlarni ham esdan chiqarmaydi. Ayniqsa, “IT Kids” ko‘rsatuvi farzandlaringizga yulduzlik onlarini taqdim etadi. Qanday qilib deysizmi, shunchaki ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarimizga murojaat qiling va farzandingizni ko‘rsatuvimiz qaxramoniga aylantiring! IT olamini ict.xabar.uz bilan kashf eting!
E’zoza Turg‘unova


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter