Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Endi choynakning o‘zi sizni choy damlab kutib oladi!(VIDEO)

Texnika olami mo‘jizalar ko‘rsatishda davom etadi. Yana qanday mo‘jiza deysizmi? Hech zamonda o‘zi choy damlaydigan choynak haqida eshitganmisiz? Siz ishdan qaytguningizcha xizmatingizga muntazirman, bekam, kаpuchinomi yoki achchiq qorasidan bo‘lsinmi, deya qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kutib oladigan qahva mashinasini-chi?

Bunaqasi faqat Aloviddin haqidagi ming bir kecha ertaklarida bo‘ladi deyapsizmi? Yo‘q, endi sizga hech qanday sehrli chiroq ham, atigi 3 tagina istagingizni bajo keltiruvchi jinlar ham kerak emas! Biz e’tiboringizga havola etayotgan gadjetlar beminnat xizmatingizni bajarishi uchun hech qanday chiroqni ishqalashga hojat yo‘q. Shunchaki qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, smartfoningiz orqali choynakka choy damlashni buyursangiz kifoya!

Choy, choy, choy namuncha ko‘p choy ichishadi bular, deb asabingizni buzib ham o‘tirmaysiz. Uning o‘zi sizning o‘rningizga sovchilarni izzat-ikrom bilan kutib olaveradi. (Sovchilar diqqatiga: tag‘in hamma narsani texnika bajarsa, kelin nimaga kerak, degan birorta psixologning gapiga quloq solib yurmang-a...?)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring