Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Bolalar kasalliklariga IT orqali yechim topgan o‘zbekistonlik olima (+video)

O‘zbekistonda biotibbiyot yo‘nalishining rivojlanishiga xissa qo‘shayotgan olima — Yulduzxon Kamolova bu galgi «IT-Woman» ko‘rsatuvimiz qahramoni.

Toshkent davlat texnika universiteti doktoranti Yulduzxon Kamolovaning eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini yo‘lga qo‘yishga hamda bolalardagi yurak nuqsonlari va qon tomir kasalliklarini erta aniqlash, shuningdek, jarrohlik amaliyotiga tayyorlash dinamikasini kuzatishga qaratilgan startaplari bugungi kunda qariyb 1 milliard so‘m miqdorida moliyalashtirildi.

Ushbu loyihalari bilan Raqamli texnologiyalar vazirligidagi «IT-ta’lim uyushmasi» qoshida tashkil etilgan «IT Ladies» hamjamiyati tomonidan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan «IT-Star» tanlovida «Eng yaxshi ijtimoiy IT-startap» yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Yulduzxon Kamolova:

2018-yil — Yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan «Yosh olimlar» respublika tanlovida 10 mln so‘mlik grand sohibasi;

2019-yil — «Big Idea Chellenge» tanlovi g‘olibasi;

2019-yil — Olima ayollar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «Ilm yulduzlari» 5-respublika ko‘rik tanlovining «Eng ilg‘or innovatsion g‘oya» nominatsiyasi g‘olibasi;

2021-yil — Mehnat va aholi bandligini ta’minlash vazirligi va Worldskills Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan «Mobil robototexnika» kompetentlik sertifikati sohibasi;

2022-yil — Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 350 mln so‘m miqdorida moliyalashtirilgan «Bo‘lajak olim» tanlovi g‘olibasi;

2022-yil — Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan 6 oy davomida o‘tkazilgan CAT Ssience Accelerator 4.0 startap akselyaratsiyasida 2-o‘rin cohibasi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring