Uchta narsa smartfonning yonishiga sabab bo‘ladi

Smartfoningizdan eplab ishlatmasangiz, batareyasi yonib ketishi mumkin. Mobile Research Group eksperti Eldar Murtazinning aytishicha, oyiga o‘rtacha o‘nta smartfon bilan shu holat kuzatiladi (bu Rossiyadagi statistika, boshqa mamlakatlardagi holat ham deyarli bir xil).
Sababsiz hech narsa bo‘lmaydi, masalan, smartfonning yonib ketishi eng ko‘p akkumulyator qobig‘iga zarar yetishi oqibatida yuz berarkan. Telefonimiz bexosdan qo‘limizdan tushib ketsa, olib darrov ekraniga qaraymiz — sinmabdimi, demak, hammasi joyida. Ammo tushirib yuborilgan telefonning akkumulyatoriga ham zarar yetishi mumkin, buni o‘zimizcha bilolmaymiz.
Alangalanishga ikkinchi sabab — arzon quvvatlash qurilmalaridan yoki tashqi batareyalar (poverbanklar)dan foydalanish. Bular smartfon qabul qila oladigandan ko‘proq energiya jo‘natib, unga bosimni oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, akkumulyatorning qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak — smartfonni aslo quyoshda qoldirmang. Telefon batareyasi shishib ketsa va korpusiga sig‘may qolsa, uni ishlatishni bas qiling, ustaga ko‘rsating yoki yangisiga almashtiring.
Murtazin smartfon akkumyatorlarini ikki-uch yilda bir almashtirishni tavsiya qilgan, ammo shunisi ham borki, hozirgi smartfonlarning ko‘pida akkumulyatori o‘zi bilan, ya’ni olinmaydi. Ustaga eltish va almashtirish kerak bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter