Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parolni eslab qolish emas, saqlash kerak

Parolni eslab qolish emas, saqlash kerak

Foto: "yandex.ru"

Xabarning audio talqini

"Life hack" so‘zi yaqinda hayotimizga kirib keldi va ikkita inglizcha so‘zdan - life (hayot) va hack(buzish, sindirish)dan kelib chiqqan. Bu konsepsiya hayotimizni soddalashtiradigan foydali texnikalarni nazarda tutadi.

Turmush tarzini kompyuterlar bilan uzviy bog‘lagan kasb egalari yaxshi bilishadiki, doim ham internet parollarni eslab qolishning uddasidan chiqish mushkul. Siz ularni ishonchli yon daftaringizga yozib qo‘yishingiz mumkin. Ammo kerakli daqiqalarda ularni topish oson emas!

Bu sizga tanish holatmi?

Parollar Internetning ajralmas qismidir. Ko‘pincha biz parolni unutib qo‘yishimiz va uni tiklash uchun ko‘p vaqt sarflashimiz tayin. Buning oldini olish uchun LastPass  dasturidan foydalanishingiz mumkin.

Bu parollar bir joyda saqlanadigan barcha mashhur brauzerlar uchun kengaytma. Endi siz  barcha murakkab kombinatsiyalarni yodlashingiz shart emas. Barcha parollar har doim istalgan qurilmada sizning qo‘lingizda bo‘ladi!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring