Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega farzandimizga smartfon olib bermasligimiz kerak?

Nega farzandimizga smartfon olib bermasligimiz kerak?

Foto: Dv.kp

Irlandiya ta’lim vaziri Norma Foli ota-onalarni boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun smartfon xarid qilmaslikka chaqirdi. Ushbu tavsiyalar mamlakat Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan.

Uning ta’kidlashicha, aksariyat maktablarda smartfondan foydalanish allaqachon taqiqlangan, ammo eng katta muammo bu maktabdan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealardir. Internetda bolalar turli odobsizliklarga guvoh bo‘lishadi va ularni bundan himoya qilish kerak. Xavfsizlik muammosini o‘ylasangiz, oddiy tugmachali telefon tanlang, ammo aslo smartfon emas!

Sendaydagi Toxoku universiteti va San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari bolalarga qanchalik erta smartfon berilsa, rivojlanishdagi kechikishlar ehtimoli shunchalik yuqori bo‘lishini aniqlashdi. Ilgari shunga o‘xshash natijalar boshqa mamlakatlarda ham olingan edi. Ularning barchasi bitta xulosaga keladi: gadjetlar yosh bolalarning rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring