Kechasi Wi-Fi va mobil internetni o‘chirib qo‘yish kerakmi?

Ko‘pchilikni yotishdan avval Wi-Fi va mobil internetni o‘chirib qo‘yish kerakmi, degan savol qiziqtiradi.
Aksariyat foydalanuvchilar yotishdan oldin o‘zlarining gadjetlarida Wi-Fi tarmoqlarini, shuningdek, mobil internetlarini o‘chirib qo‘yishadi.
Ko‘pincha bu harakat radiatsiyadan himoya qilish bilan izohlanadi.
Ba’zi smartfon egalari batareya quvvatini tejash uchun Wi-Fi va mobil internetni o‘chirib qo‘yishadi.
Bundan tashqari, simsiz tarmoqlardan foydalanishni tugatgandan so‘ng darhol o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Boshqacha qilib aytganda, buni nafaqat kechqurun, balki kun davomida ham qilish kerak.
Nima uchun kechalari Wi-Fi va mobil internetni o‘chirib qo‘yish kerak?
Ishlaydigan simsiz texnologiyalar mobil telefonga yukni oshirib, uning tezroq quvvatsizlanishiga olib keladi.
Ammo Wi-Fi, mobil internet va GPSni o‘chirib qo‘ysangiz, batareya sarfi sezilarli darajada sekinlashadi.
Shuning uchun simsiz texnologiyalarni imkon qadar tez-tez o‘chirib qo‘yish kerak. Ba’zi foydalanuvchilarning kun davomida buni qilishni istamasligi tushunarli holat, sababi ular doimo aloqada bo‘lishlari kerak.
Lekin siz, albatta, yotishdan oldin Wi-Fi tarmog‘ini o‘chirib qo‘ying. Kechasi odam smartfondan foydalanishi yoki messenjerdagi xabarlarga javob berishi dargumon.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter