Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google Driveda yo‘qolib qolgan fayllarni topishni bilasizmi?

Google Driveda yo‘qolib qolgan fayllarni topishni bilasizmi?

Foto: Shutterstock

Google nihoyat foydalanuvchilarning Google Driveda saqlanayotgan fayllarining izsiz yo‘qolishi bilan bog‘liq muammo yechimini topdi. Ushbu xatolikni tuzatish uchun, kompaniya batafsil qadam-baqadam qo‘llanmani e’lon qildi.

Ma’lumotlarni tiklash uchun Windows uchun Google Drive kliyentining faol versiyasi kerak bo‘ladi. Ilovani ishga tushirgandan so‘ng, uning vazifalar panelidagi ikonkasi bosilib, klavishdagi Shift tugmasini bosib turgan holda “Sozlamalar” menyusiga kiriladi, so‘ngra “Zaxira nusxadan tiklash” opsiyasi tanlanadi. Hammasi to‘g‘ri bajarilsa, jarayon boshlangani haqidagi xabar ekranga chiqadi, yakunda tiklangan fayllar “Google Drive recovery” deb nomlangan papkada paydo bo‘ladi.

Muammo tug‘ilgan taqdirda, foydalanuvchi xatolik haqida, V#DFD84 xeshtegi va diagnostika jurnallari yoqilgani haqidagi bayroqcha bilan, hisobotni jo‘natishi mumkin. Tajribaliroq foydalanuvchilar Google qo‘llab-quvvatlash sahifasida joylashtirilgan konsol buyruqlari yordamida o‘z fayllarini tiklashga urinib ko‘rishsa bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring