Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google Drive bulutli xotirasidan fayllar o‘chib ketyapti

Google Drive bulutli xotirasidan fayllar o‘chib ketyapti

Foto: Shutterstock

Google Drive bulutli xotira foydalanuvchilari fayllar yo‘qolishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishmoqda. Onlayn shikoyatlarga ko‘ra, fayllar Google bulut xizmatidan butunlay yo‘q bo‘lib ketgan.

Aniqrog‘i, foydalanuvchilar fayllarga kirish huquqini yo‘qotgan va papka tuzilmasi 2023 yil may holatiga qaytishi haqida xabar bermoqda.

Google hozirda vaziyatni o‘rganmoqda. Kompaniya zarar ko‘rgan foydalanuvchilarga hozircha Google Drivega hech qanday o‘zgartirish kiritmaslikni maslahat bermoqda.

Birinchi qurbonlardan biri xabar berganidek, 2023 yil may oyidan keyin yaratilgan barcha fayllar yo‘qolgan. Ular papkalarda yoki axlat qutisida emas. Jild tuzilishi ham 2023 yil may oyida bo‘lgan holatga qaytdi. Shu bilan birga, foydalanuvchi o‘z fayllarini yoki akkauntiga kirishni boshqa hech kim bilan baham ko‘rmaganini da’vo qilmoqda. Foydalanuvchi bir nechta muammolarni bartaraf etish bosqichidan o‘tdi, ammo o‘sha paytda Google muammoni hal qila olmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring