Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfonni Wi-Fi yoki Bluetooth orqali quvvatlantirishga nima deysiz?

Smartfonni Wi-Fi yoki Bluetooth orqali quvvatlantirishga nima deysiz?

Foto: habrastorage.org

Xitoyning Oppo kompaniyasi Mobile World Congress 2023 ko‘rgazmasida akkumulyatorga ehtiyoj sezmaydigan Zero-Power Tag NFS trekerining prototipini namoyish etdi.

Qurilma ishlash uchun energiyani radiostansiyalar, teleminoralar, uyali telefon tayanch stansiyalari va Wi-Fi ulanish nuqtalaridagi radiochastota signallaridan oladi.

Oppo treker prototipining shakli bank kartasiga o‘xshaydi. Kompaniya kelajakda qurilma hajmini kichik stikergacha qisqartirishni rejalashtirmoqda. Oppo bir yildan ortiq vaqt davomida “Zero-Power Communication” loyihasi doirasida nol quvvatli simsiz yorliqni ishlab chiqmoqda.

Mavjud radio to‘lqinlarining energiyasini yig‘gandan so‘ng, teg o‘z ma’lumotlari bilan atrofdagi radio signallarini modulyasiya qilishni boshlaydi va bu signallarni 4G / 5G tarmoqlarining litsenziyalangan diapazonlarida orqaga tarqalish usuli yordamida uzatadi.

Yaqin kelajakda Oppo brendi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bluetooth, Wi-Fi va mobil telefon signallaridan quvvat olishini rejalashtirmoqda. Zero-Power Tag elektron yorlig‘i o‘rnatilgan ob’yektlarni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring