Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Realme dunyodagi birinchi SLED televizorni juda arzon narxda taqdim etdi

Realme dunyodagi birinchi SLED televizorni juda arzon narxda taqdim etdi

Foto: iphones.ru

Xitoyning Realme brendi ekran o‘lchamlari 43, 50 va 55 dyuym bo‘lgan arzon televizorlar seriyasini taqdim etdi.

Eng qizig‘i, u dunyodagi birinchi SLED televizor sifatida tanilgan 55 dyuymli Smart SLED 4K televizorlarni ham juda arzon baholamoqda.

Uning o‘ziga xosligi shundaki, orqa yorug‘lik sifatida ikki xil klassik oq va ko‘k ranglar o‘rniga, uchta ko‘k, qizil va yashil rangdagi diodlardan foydalanadi.

Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, bu ranglarning bir xilligini va NTSC gamutini 108% qamrab olishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, mazkur model 9,5 mm kenglikdagi yupqa ramkalarga ham ega bo‘lib, odatda bunday ramkalar ancha qimmatroq qurilmalarda uchraydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring