Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

"Milliarderlarga soliq solinganida, "Tesla" va "SpaceX" allaqachon yopilib ketgan bo‘lardi" - Ilon Mask

Foto: "Lada.kz"

AQSh senatori Elizabet Uorren milliarderlar ko‘proq soliq to‘lashini taklif qilib chiqdi. Bu gap esa Ilon Maskka tegib ketdi.

O‘zi bu ayol azaldan Mask bilan ko‘p tortishadi. Bu gal soliqlarni kam to‘laganlikda aybladi. Milliarderlar endi yetishib chiqayotgan tadbirkorlar kelajagini o‘ylab soliqlar uchun ko‘proq mablag‘ ajratishi to‘g‘riligini bildirdi.

"Tesla"ning fond bozoridagi narxi 1 trillion dollarni tashkil qiladi. "SpaceX" ham dunyodagi eng omadli va qimmat xususiy kompaniyadir.

"Ilon Mask omadga bir o‘zi erishgani yo‘q.  U hukumatdan katta sarmoya qabul qilgan. U pullar esa kam maosh olsa ham doimiy ravishda davlatga soliq to‘lab kelgan xodimlar, jumladan o‘qituvchilarning mablag‘idan paydo bo‘lgan. Soliq to‘lashda adolatli bo‘lish kerak. Kelajakda yana Ilon Masklar yetishib chiqishi uchun bu zarur" - deya achitib gapirdi xonim.

Biznesmen bu gaplarga ensasini qotirdi, "Milliarderlarga soliq solinganida, "Tesla" va "SpaceX" allaqachon yopilib ketgan bo‘lardi" deya qisqa munosabat bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring