Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amazon 18 000 nafar xodimini ishdan bo‘shatgach, o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi

Amazon 18 000 nafar xodimini ishdan bo‘shatgach, o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi

Foto: Yandex.com

Amazon Web Services kompaniyasi o‘z xodimlaridan jabrlangan hamkasblariga hamdardlik bildirish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi postlarni to‘xtatishni so‘radi.  

Shu kunlarda butun dunyo bo‘ylab Amazon chakana sotuvchilari hamda muhandislarga xizmat yangilanishlari va mahsulot relizlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Amazon «Yer yuzidagi eng yaxshi ish beruvchi» bo‘lishga va’da bergan edi. 

Avvalroq, Amazon HR boshlig‘i Bet Galetti kompaniya xodimlariga ishdan bo‘shatilganlar hamkasblariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni eslatgan edi.

Bundan biroz avval sobiq xodimlar ishdan bo‘shatish to‘g‘risida o‘z menejerlari yoki kadrlar bo‘limi vakillari bilan shaxsiy uchrashuvlarda emas, balki faqat elektron pochta orqali xabardor qilinganliklarini aytib, da’vo qilishgan edi. Ba’zilarda hattoki maktubni olganlaridan ko‘p o‘tmay, ofis nishonlari va ish asboblaridan foydalanish imkoniyati ham o‘chirib qo‘yilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring