Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Pavel Durovni yulduz qilgan Telegram qanday paydo bo‘lgan? (video)

Bugun “IT-Star” loyihasining qahramoni — barchamiz uchun sevimli Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov. Telegram yaratish g‘oyasi Pavel Durov politsiyaga tushib qolgan vaqtda paydo bo‘lganligini bilarmidingiz?

Bir kuni Pavel Durovning eshigini politsiya qoqadi. Bu haqida akasiga xabar berishni xohlaganida tezkor va xavfsiz aloqa vositasi zarurligini anglaydi. Shu payt xayoliga Telegram ixtiro qilish rejasi keldi. Politsiya bilan bog‘liq ish hal bo‘lgach, aka-uka yangi messenjer ochishga kirishib ketishdi.

Aslida Durov 11 yoshidan boshlab dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. O‘sha paytlarda u dasturlashni chuqur o‘rganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning “zastavka”larini dastur orqali o‘zgartirib qo‘yadi.

2006-yilda Pavel Sankt-Peterburg davlat universitetining filiologiya fakultetini tamomlaydi, universitetda o‘qish mobaynida harbiy fakultetni ham tamomlab, zaxiradagi leytenant unvonini oladi, universitetni qizil diplomga bitirib, o‘sha “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi.

2013-yilda Durov Digital Forest kompaniyasiga asos soldi va shu kompaniya Telegram messenjerini ommaga taqdim etdi.

Aynan shu yili unga oid ilk ilova foydalanishga taqdim etildi. Ko‘p o‘tmay veb-sayti ham ishga tushdi. Sifat yaxshilanib, nafaqat xabarlar, balki foto va video ta’minotiga ham erishdi.

2020-yili videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi kirib keldi. 2021-yildan kompaniyaning reklamali xabarlari paydo bo‘ldi. 2022-yilda xohlovchilar uchun pulli obuna — Telegram Premium ham taklif qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring