APIO olimpiadasida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

Osiyo—Tinch okeani informatika olimpiadasi (APIO) – bu Osiyo—Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar o‘quvchilari orasida sport dasturlash bo‘yicha o‘tkaziladigan nufuzli olimpiadadir.
Bu yil O‘zbekiston mezbonlik qiluvchi mazkur olimpiadada 20 yoshgacha bo‘lgan barcha maktab, kasb-hunar maktabi, akademik litsey va kollej o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Dasturlash tili: C++
Olimpiada shakli: IOI
Olimpiadada IOI — Xalqaro informatika olimpiadasi 1-saralash bosqichidan o‘tgan 25 nafar o‘quvchi;
ICT4Girls olimpiadasining Respublika bosqichida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 5 nafar o‘quvchi qiz;
APIO olimpiadasi saralash bosqichidan o‘tgan o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin.
APIO olimpiadasining saralash bosqichida qatnashish uchun 20-aprel soat 23:59 ga qadar @apio_registration_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter