Yaralarni elektr toki bilan davolash mumkin

Sankt-Peterburg politexnika universiteti olimlari murakkab yaralarni davolashda yordam beruvchi grafen asosidagi material yaratishdi.
Ko‘p yillik tadqiqotlar jarohatni davolash jarayonida yuzaga keladigan jarayonlarni elektr signallari yordamida samarali boshqarish mumkinligini ko‘rsatdi. Elektr maydoni nafaqat shifobaxsh, balki mikroblarga qarshi ta’sirga ega, shuningdek, chandiq to‘qimalarining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.
Elektr stimulyasiyasi uchun an’anaviy qurilmalar kamchilikka ega - teri bilan aloqa qiladigan elektrod yetarli biomoslashuvga ega emas. Shu bois yara uzoq vaqt davolanadi. Yangi ixtiro esa inson hujayralari va to‘qimalariga mos keladigan materialdir. U yuqori haroratda qayta-qayta sterilizatsiya qilinishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter