Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SpaceX insof qildi: trafikdan oshib ketsa, qo‘shimcha to‘lov shart emas

SpaceX insof qildi: trafikdan oshib ketsa, qo‘shimcha to‘lov shart emas

Foto: Habr.com

SpaceX kompaniyasi Starlink sun’iy yo‘ldoshli xizmatda ma’lumotlar uzatish tezligi bo‘yicha chegarani bekor qildi. Oldin me’yordan yuqori tezlik uchun abonentlardan qo‘shimcha to‘lov undirilar edi.

Yangi Standard tarifi doirasida yuklab olish tezligi 25 Mbit/s.dan 100 Mbit/s.gacha o‘zgarishi mumkin. Bu oddiy foydalanuvchilar uchun. Roumingdagi abonentlarga esa 5 Mbit/s.dan 50 Mbit/s.gacha tezlik belgilangan.

Shu yil 16 martda SpaceX yana bir tarif joriy etdi - Starlink Roam. Unga ko‘ra oyiga 150 dollar to‘lab, o‘z mintaqasining istalgan hududida sun’iy yo‘ldosh terminali orali internetdan foydalanish mumkin. Agar 200 dollar to‘lasa, Starlink amal qiluvchi barcha mamlakatlarda ushbu imkoniyatga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring