Quyosh va shamol energiyasi rekord darajada ishlab chiqarildi

Belgiyada mamlakatning barcha ichki talabini qoplash uchun yetarlicha quyosh va shamol energiyasi ishlab chiqarildi. Bu bilan qayta tiklanadigan energiya qazib olinadigan yoqilg‘ilarning o‘rnini bosishi mumkinligi birinchi marta amalda isbotlandi.
Yashil energiya ishlab chiqarish bo‘yicha rekord cho‘qqi 29 may, dushanba kuni soat 13:00 dan 13:30 gacha bo‘lgan. Quyosh va shamol fermalari birgalikda 8303 MVt elektr energiyasi ishlab chiqardi va yakshanba kungi 7695 MVtlik rekordni yangiladi. Bu Belgiyadagi barcha elektr energiyasi iste’molchilari uchun o‘sha paytda talab qilinganidan ko‘proq edi.
Rekord darajadagi elektr energiyasini ishlab chiqarishda quyosh energiyasining ulushi shamol ulushidan sezilarli darajada yuqori ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter