Mars vertolyoti rekord balandlikka ko‘tarildi

Ingenuity o‘zining 59-missiyasi davomida Marsda eng yuqori parvoz balandligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. U sayyora yuzasidan 20 metr balandlikka ko‘tarildi.
Vertolyot 142,59 soniya davomida havoda qoldi, lekin gorizontal tekislikda harakat qilmadi.
Parvoz balandligi yer usti qurilmalari nuqtai nazaridan minimal, ammo Marsdagi atmosferaning zichligi deyarli ikki baravar pastroq. Bunday sharoitda 1,8 kg og‘irlikdagi qurilmani havoga ko‘tarish oson ish emas. Avvalgi rekord (18 m ko‘tarilish) vertolyot tomonidan joriy yilning aprel oyida o‘rnatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter