Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iflos suvni 30 soniyada top-toza qilish mumkin

Iflos suvni 30 soniyada top-toza qilish mumkin

Foto: Techcult.ru

Stenford universiteti olimlari suvni tez va arzon dezinfeksiya qilish formulasini ishlab chiqishdi. U energiya sarfini talab qilmaydi. Maxsus kukun juda iflos suvni ham 60 soniyada tozalaydi.

Aralashma mis oksidi, molibden sulfat va temirdan iborat bo‘lib, ular ezilib, nanometr o‘lchamidagi zarracha holiga keltiriladi. Tayyor bo‘lgan kukun iflos suvga quyiladi. Shundan so‘ng idishda jonli bakteriyalar qolmaydi.

Olimlar ushbu ixtiro dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ichimlik suvi taqchilligi muammosini hal qilishga yordam beradi, deb umid qilishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring