Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada shamol energiyasi ilk bor elektr energiyasining asosiy manbaiga aylandi

Britaniyada shamol energiyasi ilk bor elektr energiyasining asosiy manbaiga aylandi

Foto: Teknoblog.ru

London Imperial kolleji hisobotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya elektr energiyasining uchdan bir qismi joriy yilning dastlabki uch oyida shamol stansiyalaridan kelgan. Shamol energiyasi birinchi marta mamlakatda elektr energiyasining asosiy manbaiga aylandi.

Imperial kollejining energetika bo‘yicha tadqiqotchisi va hisobotning yetakchi muallifi Ian Staffell shunday deydi: "Tarixda birinchi marta gaz shamol turbinalariga qaraganda kamroq energiya berdi".

Shamol energiyasidan tashqari quyosh energiyasi ham dolzarblashdi. 2023 yilning birinchi choragida Buyuk Britaniyadagi elektr energiyasining 42 foizi qayta tiklanadigan manbalardan, 33 foizi esa gaz va ko‘mir kabi qazib olinadigan yoqilg‘ilardan olingan.

Buyuk Britaniya 2035 yilgacha uglerod chiqindilarini nolga tenglashtirishni maqsad qilgan. Ekologlarning ta’kidlashicha, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish iqlim o‘zgarishi oqibatlarini cheklash uchun juda muhimdir.

Ammo mamlakatda shamol turbinalarini o‘rnatishga cheklovlar mavjud. Dekabr oyida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirish uchun ushbu cheklovlarni yumshatish rejalarini e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring