Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir asrga yetadigan batareya bakteriyalardan yasalgan 

Bir asrga yetadigan batareya bakteriyalardan yasalgan 

Foto: Ixbt.com

Nyu-Yorkdagi Bingemton universiteti mutaxassislari uzoq vaqt davomida quvvatni yo‘qotmasdan saqlanishi mumkin bo‘lgan akkumulyator prototipini ishlab chiqdi. U akkumulyatorning 100 yilgacha yoki undan ko‘proq vaqt xizmat qilishiga imkon beruvchi bakteriyalarga asoslangan.

Qurilma tanga o‘lchamidagi kapsuladir. Ushbu material yuqori va past haroratlarga bardosh beradi. Unda elektron termometr yoki soatni quvvatlantirish uchun yetarli energiya mavjud. Shu bilan birga, to‘liq quvvatga erishish uchun kamida 20 daqiqa kerak bo‘ladi (birinchi sinovlarda - 1 soatgacha). Xona haroratida bir hafta saqlash vaqtida elektr energiyasi ishlab chiqarish darajasi atigi 2% ga kamaydi.

Kelajakda bunday batareyalar an’anaviy lityum batareyalar o‘rnini bosishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring