Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanadalik olimlar eng tezkor kamerani yaratdilar

Kanadalik olimlar eng tezkor kamerani yaratdilar

Foto: Wtftime

Kanadaning  INRS’ Énergie Matériaux Télécommunications tadqiqot markazi jamoasi rekord tezlikda suratga olish tezligiga ega SCARF kamerasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Muhandislar tomonidan taqdim etilgan qurilma soniyasiga 156 trillion kadrgacha suratga olishi mumkin.

Ushbu tezlik tufayli kamera bir necha femtosekund davom etadigan voqealarni yozib olishi mumkin. Bir soniyada, NewAtlas  hisob-kitobiga ko‘ra, 32 million yil ichida qancha soniya bo‘lsa, shuncha femtosekund bor.

Loyiha mualliflarining fikricha, texnologiya o‘ta tezkor hodisalarni o‘rganishda foydali bo‘ladi va olimlarga turli bilim sohalarida, xususan, kimyo va biologiyadan fizika va materialshunoslikgacha bo‘lgan kashfiyotlar qilish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring