Avval umuman mamlakatimiz ro‘yxatda bo‘lmagan reytinglarda ham paydo bo‘lishni boshladik
O‘zbekistonni AyTi xab sifatida targ‘ib qilish va chet elliklarning yurtimizdagi AyTi eksportyorlarga buyurtmalarini ko‘paytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bu — xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o‘rnini yaxshilab borishdir.
Ushbu yo‘nalishda Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan sa’y-harakatlar sababli bizning sohamizga tegishli bo‘lgan barcha reytinglarda oxirgi yillarda O‘zbekistonning o‘rni ijobiy tomonga o‘zgaryapti va avval umuman mamlakatimiz ro‘yxatda bo‘lmagan qator reytinglarda ham paydo bo‘lishni boshladik (rasmda batafsil, o‘zgarish ko‘rsatilmagan reytinglarda birinchi bor paydo bo‘lganmiz).
Barcha sohamizga tegishli ushbu reytinglarda O‘zbekiston jon boshiga daromadi deyarli bir xil bo‘lgan aksariyat davlatlardan yuqori joylashganligi ham xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. Jumladan, bugun Oksford universitetida e’lon qilingan Tarmoq tayyorgarligi indeksida ham shu masalaga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu bilan birgalikda bu kabi xalqaro reytinglar tahlili jamoamiz qaysi yo‘nalishlarda yanada ko‘proq harakat qilishi kerakligini ko‘rsatib beradi va kelgusi rejalarimizni to‘g‘ri shakllantirishda yordam beradi.
Источник: t.me
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter