Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×

Махфуза Руйиддинова

«Самое безопасное место для корабля — побережье. Но он создан не для этого».

Xitoy internet-kontent nazoratini qanday yo‘lga qo‘ygan?

Xitoy internet-kontent nazoratini qanday yo‘lga qo‘ygan?

Foto: "shutterstock"

Xitoy Internet-kontentni cheklash uchun eng ilg‘or tizimlardan birini qo‘llaydi - 1998 yilda ishga tushirilgan «Oltin qalqon», xorijda «Xitoydagi buyuk fayrvol» (Great Firewall of China) nomi bilan tanilgan, bu mamlakatga 800 million dollarga  tushgan. 2003 yilda to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgan tizim uchta nazorat xalqaro shlyuzlari – Pekin, Shanxay va Guanchjou orqali o‘tuvchi trafik tahliliga asoslangan. Tizim nafaqat qora ro‘yxatga tushgan saytlarning IP yoki URL manzillari orqali blokirovka qiladi, balki ma’lumotlar paketini filtrlash yordamida «Tyananmen», «Dalay Lama» yoki «inson huquqlari» kabi kalit so‘zlardan foydalangan holda saytlarni ham bloklaydi. Eng yirik qidiruv tizimlari, jumladan, xorijiy GoogleYahooBing orqali mos keladigan so‘rovlar ham kerakli natijani bermaydi. Kalit so‘zlarni (domen nomlari bo‘lishi mumkin) o‘z ichiga olgan URL so‘rovlarida DNS buzilishi tufayli saytlarni shunchaki topib bo‘lmaydi. Fayrvol aholiga TwitterWikipediaYouTube va Facebook kabi manbalarga normal kirishini bloklaydi. Qidiruv so‘rovlari ham filtrlanadi.

Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligiga yaqin bo‘lgan China News Service nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, «Xitoydagi buyuk fayrvol» 640 ming serverni o‘z ichiga oladi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hukumati buyrug‘i bilan uni yaratishda IBMCisco va Yahoo ishtirok etgan.

«Oltin qalqon»dan chiqmoqchi bo‘lgan xitoyliklar URL manzillari o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri IP manzillarini kiritishlari mumkin, virtual xususiy tarmoqlardan (VPN), proksi-serverlardan yoki Tor - The Onion Router (texnologiya) dan foydalanishlari mumkin. To‘g‘ri, Xitoy rasmiylari muntazam ravishda bunday resurslarga kirishni cheklash choralarini ko‘radi: 2009 yilda, masalan, Tor tarmog‘ining umumiy anonimatorlari manzillarining 80 foizigacha blokirovka qilingan.

Xitoy nafaqat tarmoqning milliy segmentini nazorat qilishning dunyodagi eng ilg‘or tizimiga ega - Xitoyda Internet dastlab hukumat nazorati ostida yaratilgan va har doim yarim germetik tuzilishga ega bo‘lgan. Oltin qalqon bir nechta boshqaruv va nazorat tizimlarini o‘z ichiga oladi: huquqbuzarliklar to‘g‘risida hisobot berish, foydalanuvchi identifikatsiyasi, kontentni boshqarish, axborot monitoringi va trafikni boshqarish.

Bundan tashqari, nafaqat Internet resurslari, balki Internet xizmatlari va hatto qidiruv so‘rovlari ham bloklanadi.

XXRda taqiqlangan tashkilotlarga tegishli manbalar, Xitoy hukumatini tanqid qiluvchi axborot resurslari, Tayvan hukumatiga tegishli veb-saytlar, Tayvan ommaviy axborot vositalari, Xitoy nazoratchilari odobsiz yoki pornografik deb hisoblagan veb-saytlar, Dalay lama yoki xalqaro harakatga tegishli veb-saytlar doimiy taqiq ostidadir. Jami 1,3 millionga yaqin sayt bloklangan.

Shu bilan birga, ta’kidlash kerakki, agar Xitoy oxir-oqibat Amerika analoglari nusxalaridan noyob Internet platformalariga aylangan global Internet xizmatlarining milliy versiyalarini yaratmaganida, na «Oltin qalqon», na «Xitoydagi buyuk fayrvol» samarali bo‘lmasdi (Taobao, AliPay, WeChat, Weibo va boshqalar) va ichki Internet bozori dunyodagi eng katta bozorga aylanmasdi.

Xitoyda maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan nufuzli vlogerlarga tibbiyot va moliya mavzularini muhokama qilishlari taqiqilandi.

2022 yil 23 iyun kuni Xitoy jonli efir sanoati bilan bog‘liq qonunchilikni chiqardi, unda nufuzli vloggerlar muhokama qila olmaydigan yoki o‘z fikrlarini bildira olmaydigan 31 ta mavzular ro‘yxati keltirilgan.

Milliy Radio va Televideniya Boshqarmasi (NRTA), Madaniyat va Turizm vazirligi (MCT) tomonidan chop etilgan 18 bandlik yo‘riqnomada kelitirilishicha, ommaviy shaxslar huquq, moliya, tibbiyot va ta’lim kabi ayrim mavzularni muhokama qilish uchun tegishli malakaga ega bo‘lishlarini talab qilinadi.

Taqiqqa tushgan boshqa muhokama mavzulari orasida partiya yoki davlat rahbarlarining soxta suratlarini yaratish uchun deepfake texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, nozik masalalarni ataylab «oshirish» va jamoatchilik e’tiborini jalb qilish kiradi.

Ma’lumotlarda keltirilshicha, jonli efir uzatuvchilarga hashamatli buyum va naqd pullarni namoyish qilish kabi ekstravagant turmush tarzini namoyish qilish ham taqiqlangan. E’lon qilingan qoidalarda jonli efir ishtirokchilari o‘z daromadlarini halol deklaratsiya qilishlari va qonun hujjatlariga muvofiq soliq majburiyatlarini bajarishlari lozimligi ta’kidlangan.

2022 yil yanvar oyi oxirida Xitoy dipfeykdan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qiladi. Ushbu texnologiya inson tasvirlarining sun’iy intellekt yordamida sintez qilishdan iborat: algoritm odam turli xil yuz ifodalari bilan tasvirlangan bir nechta fotosuratlarni birlashtiradi va ulardan video yaratadi. Shu bilan birga, tizim ko‘p sonli tasvirlarni tahlil qiladi va ma’lum bir odam qanday ko‘rinishi va harakatlanishini o‘rganadi.

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети