Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×

Махфуза Руйиддинова

«Самое безопасное место для корабля — побережье. Но он создан не для этого».

Windows va dasturiy ta’minot yangilanishlari bizga nima uchun kerak?

Windows va dasturiy ta’minot yangilanishlari bizga nima uchun kerak?

winda.com

Аудиоверсия новости

Barcha kompyuter foydalanuvchilari operatsion tizim va dasturiy ta’minot yangilanishlariga duch keladi va deyarli barchamizdan ushbu yangilanishlar kerakmi o‘zi yoki ularsiz ham ishlayversa bo‘ladimi degan hayol o‘tgan bo‘lsa kerak.

Nima uchun yangilanishlar kerak?

Yangilanishlar ikkita ishni bajarishi mumkin:

  1. Dasturga yangi funksiyalarni qo‘shish;
  2. Xato va nosozliklarni tuzatish.

Ko‘rinishidan, hamma narsa oddiy va biz yangilanishdan faqat xursand bo‘lishimiz kerak, ammo hamma narsa biz xohlagan darajadasodda emas.

Yangi funksiyalar bilan yangilanish

Keling, yangi funksiyalarni qo‘shadigan yangilanishning afzalliklari va kamchiliklari bilan tanishamiz.

Afzalliklari:

  1. Dasturlar va operatsion tizimlarda yangi funksiyalar paydo bo‘ladi, ular zamonaviy yangi vazifalarni bajarishga imkon beradi;
  2. Qulaylik ortadi, ishlash osonlashadi va interfeysda kerakli narsani tezda topasiz;
  3. Dasturning tezligi oshishi mumkin (ammo bu odatiy hol emas).

Kamchiliklari:

  1. Interfeysdagi o‘zgarishlardan so‘ng, ko‘pincha tanish tugmalar va menyu elementlarini topish qiyin bo‘ladi;

2.Yangi fuksiyalar paydo bo‘lganda, boshqalari, aksincha, yo‘qolishi mumkin;

  1. Bepul funksiyalar yangi versiyada pulli bo‘lishi mumkin;
  2. Afsuski, dasturlar avvalgiga qaraganda sekinroq ishlashi ham ehtimoldan holi emas;
  3. Yangi funksiyalar bilan birgalikda yangi xatolar paydo bo‘lishi mumkin (ehtimol ular keyingi yangilanishda tuzatiladi ...)

Xato va nosozliklar tuzatish bilan bog‘liq yangilanishlar

Agar yangi funksiyadan voz kechish mumkin bo‘lsa, nosozliklar tuzatilmasdan barcha ma’lumot va pulingizni ham yo‘qotishingiz mumkin.

Afzalliklari:

  1. Dasturning o‘zi va butun qurilmaning ishlashiga ta’sir qilgan muammo bartaraf etiladi;
  2. Turli tahdidlarga qarshi xavfsizlik va himoya choralari oshiriladi.

Kamchiliklari:

  1. Har qanday yangilanish bilan yangi muammolar paydo bo‘lishi mumkin va yangi xatolar aniqlanmaguncha ular bilan ishlashingiz kerak bo‘ladi;
  2. Ba’zi nosozliklarni bartaraf etish butun qurilma (kompyuter/noutbuk/planshet/smartfon) ishlashiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qurilma operatsion tizim va dasturiy ta’minotini yangilab turish kerakmi yoki yo‘q?

Taqqoslashdan ko‘rinib turibdiki, yangilanishlarning afzalliklaridan ko‘ra ko‘proq kamchiliklari bor, «umuman yangilanmaslik kerakmi?» degan fikr paydo bo‘lishi mumkin.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, operatsion tizim va dasturiy ta’minotni faqat uchta holatda yangilamaslik mumkin:

  • Agar qurilma internetga ulanmagan bo‘lsa va unga hech narsa ulamasangiz (fleshka, tashqi disklar va h.k.);
  • Agar qurilmadagi ma’lumotlar hech qanday qiymatga ega bo‘lmasa va operatsion tizim va barcha kerakli dasturlarni qayta o‘rnatish siz uchun muammo bo‘lmasa;
  • Agar yangilanish xavfsizlikni kuchaytirmasligini aniq bilsangiz.

Qolgan barcha holatlarda Windows, Linux, Android va barcha dasturlarni yangilash tavsiya etiladi.

 

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети