’’UZ-NLP Challenge’’ xakatoni boshlandi (VIDEO)
Bugungi kunda “aqlli” texnologiyalarni joriy etish iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshirishning asosiy “drayver”iga aylanmoqda. Sun’iy intellekt esa ushbu zamonaviy texnologiyalarning ajralmas qismidir. Shuni ham ta’kidlash joizki, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish g‘oya va intilishlarga boy yoshlar bilangina amalga oshadi.
Aynan ushbu sun’iy intellekt texnologiyalarini yoshlar orasida ommalashtirish, ular orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida respublikamizda shu kunga qadar 2 ta “xakaton” musobaqasi o‘tkazildi.
Tashkil etilgan “xakaton”larning mantiqiy davomi sifatida ayni kunlarda Toshkent shahridagi Amiti universitetida “UZ-NLP Challenge” deb nomlangan uchinchi “xakaton” bo‘lib o‘tmoqda.
IT-Park, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Uzinfocom bilan hamkorlikda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbir sun’iy intellekt va matematik tilshunoslikka bag‘ishlangan bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘zbek tilidagi ovozli ma’lumotlar asosida ilova, bot, dastur yoki boshqa istalgan dasturiy mahsulotni yaratishlari zarur bo‘ladi.
“Xakaton”da ro‘yxatdan o‘tgan jami 351 nafar ishtirokchidan 150 nafari saralab olindi va bugun tadbirda 3 kishidan iborat jami 50 ta jamoa qatnashmoqda.
“Xakaton”da ishtirok etish orqali tanlov ishtirokchilari o‘z loyihalarini amalga oshirish va 8 nafar yuqori malakali mutaxassis yordamida minimal hayotiy mahsulotni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, "Xakaton" musobaqasi 25 dekabrga qadar davom etadi. Tadbirning so‘nggi kunida final bosqichiga o‘tgan jamoalarning yaratgan loyihalari hay’at a’zolari tomonidan baholanadi.
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter