IT-Woman, Digital Girls va Tumaris Tech loyihalari yoxud «Gender raqamli tafovutni bartaraf etish» — REPORTAJ (VIDEO)
Raqamli texnologiyalar sohasida taniqli va muvaffaqiyatli ayollar ko‘p bo‘lishiga qaramay, IT asosan erkaklar shug‘ullanadigan faoliyat turiga aylanib qolmoqda. Bunga esa ba’zi bir gender stereotiplari sabab bo‘lmoqda.
Bugun Toshkent shahridagi «Hilton» mehmonxonasida «O‘zbekistonda Gender raqamli tafovutni bartaraf etish» mavzusida halqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatini ochib bergan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova xotin-qizlarga ta’lim sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar, jumladan, xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qaroriga ko‘ra, oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7 yilga 14 foizlik ta’lim kreditlari ajratilganligini alohida e’tirof etib o‘tdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bugungi kunda IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning uchdan bir qismini ayollar tashkil qilayotganligi va ushbu sohaning ayollarga berayotgan imkoniyatlari haqida so‘zlar ekan, bu borada IT-Woman, Digital Girls va Tumaris Tech loyihalarini, shuningdek, Astrum IT akademiyasida USAID loyihasi bilan hamkorlikda 200 nafar xotin-qizlarni dasturlash sohasida o‘qitishga qaratilgan bepul dastur haqida ham ta’kidlab o‘tdi.
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter