Bu yil AKT haftaligi qanday o‘tdi?(VIDEO)
Xabaringiz bor, joriy yilning 24-27-oktyabr kunlari Samarqand shahridagi “Silk road Samarqand” yangi xalqaro turizm markazi hududida yilning asosiy tadbirlaridan biri – “ICTWEEK Uzbekistan 2022” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tdi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish hamda O‘zbekistonni axborot texnologiyalari sohasidagi mintaqaviy markaz – IT-xabga aylantirish maqsadida tashkil etilgan “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida:
- "ICTWEEK Uzbekistan" sammiti;
- "Digital Eurasia" xalqaro forumi;
- "Raqamli iqtisodiyot: Rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari va huquqiy tartibga solish muammolari" seminari;
- "Aqlli va xavfsiz shaharlar: eng yaxshi amaliyotlar va yechimlar" xalqaro raqamli rivojlanish seminari;
- "Ta’lim sohasining raqamli transformatsiyasi uchun platformalar" xalqaro raqamli rivojlanish seminari;
- Turkiy davlat texnoparklarining panel muhokamasi;
- "Raqamli hukumat siyosatining asoslari" mavzusidagi imkoniyatlarni kengaytirish seminari;
- "IT Education" forumi;
- BPO sammiti;
- Moliyaviy texnologiyalar (FINTECH) sohasining rivojlanish istiqbollari forumi;
- 58/28-qo‘shma majlisi: Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik aloqa ma’muriyati rahbarlari kengashi va unga a’zo davlatlarning axborotlashtirish bo‘yicha MHA huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengashi;
- MPA MDH – AShH ekspertlari kengashining 24-yig‘ilishi;
- CIO sammit;
- "Mintaqaviy trendlar va 2022-yilgi BMT ning elektron hukumat bo‘yicha tadqiqot natijalari" seminari;
- MDH mintaqasi uchun mintaqaviy rivojlanish forumi;
- Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning AKT sohasi uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik idoralari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi;
- "Markaziy Osiyo mamlakatlarida 1 GHzdan past radiochastota spektridan foydalanish istiqbollari" mavzusidagi sessiya;
- "Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollari" respublika ilmiy-texnik konferensiyasi;
- "ICTEXPO" - O‘zbekiston axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi;
- "IT Village" majmuasining ochilish marosimi
Va nihoyat mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab idoraviy tarmoq mukofotlariga sazovor bo‘lganlarni taqdirlash marosimi AKT haftaligiga yakun yasadi.


Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter