Новости в нашем Телеграм канале Подписаться ×

Эзоза Тургунова

«Если человек о чем-то искренне мечтает, то вся вселенная поможет ему и воплотит эту мечту в реальность!»

Bitiruvchilar kuni uchun maxsus: INHA universitetiga sayohat!(VIDEO)

Ertaga 25-may bitiruvchilar kuni. O‘quvchilar katta hayot sari qadam tashlab, muhim qaror qabul qilish arafasida talabalik tomon odimlar ekanlar kelgusida qaysi kasb egasi bo‘lishlariga qarab bir nechta OTMlar haqida ma’lumotlar izlay boshlaydilar. Agar siz bugungi kunda eng ommalashgan, serdaromad sohalardan biri hisoblangan IT mutaxassisi bo‘lishni ko‘zlayotgan bo‘lsangiz, tanlagan OTMlaringizning birinchi qatorida INHA universiteti bo‘lishi tabiiy.

Ict.xabar.uz jamoasi esa siz internetda ham topa olmaydigan ma’lumotlarni, hatto universitetga borib ham ko‘ra olmaydigan ajoyib qirralarini e’tiboringizga havola etadi. Bu yerda talabalarning nafaqat ta’lim olishi, balki o‘qishdan bo‘sh vaqtida maroqli hordiq chiqarishlari uchun shunday ajoyib shart-sharoitlar yaratilgan, qolaversa, hindistonlik o‘qituvchilarning milliy liboslarda olib borgan dars jarayonlarida siz go‘yo o‘zingizni Shoxruhxon va Kajollar bilan hind kinolarida rol o‘ynayotgandek his qilasiz.

Kutubxonasini aytmaysizmi, ehhe u yerdagi kitoblarni boshqa hech qaysi kutubxonada uchratmaysiz. Qolaversa, INHA universitetida talabalar nafaqat IT yo‘nalishida, balki logistika bo‘yicha ham kerakli bilimlarga ega bo‘lishlari mumkin.

1-kursda qarzga kompyuter sotib olib, universitetni tamomlayotganda shaxsiy mashina va uy olishga muvaffaq bo‘lgan talabalari bilan mashhur INHA universitetiga biz bilan birga virtual sayohat qilishga marhamat! Ko‘rsatuvni barcha bitiruvchilarga yuboring, balki ularning kelajakda eng yaxshi mutaxassis bo‘lishlariga aynan siz sababchi bo‘larsiz!

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети