Ayollarda 40 ta jon emas, 40 xil iste’dod bor!
IT sohasi ayollar uchun emas, deb kim aytdi, azizim? Agar bilsangiz, birinchi dasturlash tilini yaratgan IT mutaxassisi ham ayol kishi bo‘lgan. U matematika fani “erkaklar shug‘ullanadigan soha” hisoblangan davrlarda ham ziyoli, badavlat kiborlar muhitida tarbiyalanib, voyaga yetgan Ada Lavleys edi.
Bu davrda odatda, Londondagi ziyoli, kiborlarga xos oilalarda tarbiyalangan qizlar hashamatli xonadonlarda tashkil etiladigan ziyofatlarga tashrif buyurish hamda badavlat, obro‘li insonlarga turmushga chiqishni orzu qilardilar. (Hozir ham qizlar turmushga chiqib, ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullansa, shuning o‘zi kifoya, deydiganlar yo‘q emas.)
Ada Lavleys esa u paytda ucha oladigan apparatni loyihalashtirish orzusida edi. U yangi ixtirolar haqidagi nashrlarda chop etilgan maqolalarni mutolaa qilar, orzusidagi bug‘ asosida ishlaydigan dvigatelli qurilmani yaratish haqida hayol surar, chuqur fikr yuritib, mushohada qilar hamda uchishga imkon beruvchi qanot uzunligining tana vazniga nisbatini aniqlash uchun qushlar anatomiyasini o‘rganardi.
Qanday qilib, AQShdagi dasturlash tillaridan biri Ada Lavleys sharafiga “Ada” deb nomlanganligi sizga ham qiziqmi? U holda, ict.xabar.uz da ayollar bayramiga bag‘ishlangan yangi loyiha “IT-Girls” ko‘rsatuvini maroq ila tomosha qiling.


Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter